Unutmang konferensiyada sizning taqdimotingizdan tashqari boshqa nutqchilar ham bor, shuning uchun sizga ajratilgan vaqtga asoslanib reja tuzing.
Odatda konferensiyalarda har bir taqdimotga 10 daqiqadan 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Asosiy g’oya va batafsil ma’lumot.
Ilmiy ishingizni eng asosiy natijalari, maqsadi va mazminiga e’tibor qarating.
Ma’lumotlar ko’pligi bilan tinglovchini charchatib qo’ymang.
4. Vizual effektlardan foydalaning:
1000 martda eshitgandan ko’ra 1 martda ko’rgan yaxshi. Demak siz tinglovchiga qimmatbaho vaqt sarflab so’zlar bilan tushuntirish o’rniga unga ko’rsatganingiz afzalroq.
Diagrammalar, grafiklar, foto va video sur’atlar, rasmlardan foydalanishdan qo’rqmang.
Vizual effektlar sizning taqdimotingizni ma’lumotini qabul qilinishini yengillashtirish bilan birga uni ko’rinishini yaxshilaydi.
Tayyorlagan rasm va grafiklaringiz butun auditoriyaga yaxshi ko’rinayotganiga amin bo’ling.
Matn ishlatishda ogoh bo’ling!
Odamlar sizni eshitishlari kerak slayddagi matn oqishlari emas.
5. Mashq qiling:
Mashqlar qanchalik qiyin bo‘lsa, jang shunchalik oson bo‘ladi. Qancha ko’p mashq qilsangiz konferensiya kuni shuncha osonroq bo’ladi.
Oila a’zolaringiz, do’stlaringiz va hamkasblaringiz oldida bir necha bor taqdimotingizni mashq qiling.
Ularning fikrini biling, kamchilik va xatolar ustida ishlang.
Taqqdimotingizni ajratilgan vaqt Ichida o’tkazishni mashq qiling.
Baland ovozda va anniq gapirishni o’rganing.
Tana harakatlariga ham e’tibor bering, nutq vaqtida o’zini qanday tutish mavzusida bir nechta video dars ko’rsangiz ham bo’ladi.
6. Savollarga duch kelishga tayyor bo’ling:
Sizning izlanishingiz odamlarda savol tug’dirishi mumkin va ularga javob berishga tayyor turing.
Savol kelib tushganda unga hayajonlanmay to’liq javob bering.
Tayyorlagan ma’lumotlaringizni o’zingiz uchun yana bir qator qaytarib oling.
Berilgan savolga javobini bilmasangiz to’g’risini ayting, yolg’on aytgandan yokida osmondan javob qidirgandan ko’ra hozir bu savolga javob bera olmasligingizni va yaqin orada albatta bunga yechim topishqa harakat qilishingiz haqida ayting.
7. Qo’shimcha punktlar:
O’zingizqa qulay bo’lgan programmalardan foydalaning.
Taqdimot dizayni oddiy va professional bo’lishi maqsadga muvofiq.
Yuqori sifatli rasm va videolardan foydalaning.
Kiyim tanlashda e’tiborli bo’ling, yo’nalishingiz mutaxassisiga mos ravishda kiyining.
Konferensiyaga taqdimotingiz belgilangan vaqtdan oldinroq keling, birinchidan bu sizga uskunalarni o’zingizga moslab olishga imkon beradi, ikkinchidan esa siz boshqalarni nutqida ham ishtirok etasiz, siz ulardan yangi ma’lumot yoki g’oyalarni olishingiz mumkin.