DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17311562
Google scholar:
Zenodo community: https://zenodo.org/records/17311562
Nordic_press journal:
TAQRIZ:
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi xalqaro tajribalar asosida chuqur tahlil etilgan. Muallif “so‘rovga asoslangan ta’lim” (inquiry-based learning) metodining mohiyatini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritgan holda, bu yondashuvning PISA kabi xalqaro baholash dasturlari talablari bilan uyg‘unligini asoslab beradi.
Maqolada strukturallashgan, boshqariladigan va ochiq so‘rov turlarining mohiyati, ularni tabiiy fanlar (fizika, biologiya, kimyo) darslariga integratsiya qilish usullari misollar bilan yoritilgan. Ayniqsa, 3I modeli (Ilmiy savol qo‘yish – Izlanish – Ishlab chiqish), “Savollar piramidasi” va “Bilim ko‘prigi” kabi metodlar asosida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va natija chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar maqolaning ilmiy-amaliy ahamiyatini oshiradi.
Muallif ta’lim jarayonida o‘qituvchining roli “ma’lumot beruvchi”dan “fasilitator” — ya’ni o‘quv jarayonini yo‘naltiruvchi shaxsga aylanishi zarurligini asoslab, interaktiv, muammoli va tajriba asosidagi yondashuvlar ta’lim sifatini oshirishga qanday hissa qo‘shishini aniq misollar bilan ko‘rsatgan.
Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, unda xalqaro baholash tizimlari tajribasi milliy ta’lim amaliyoti bilan qiyosiy o‘rganilib, o‘quvchilarda ilmiy savodxonlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metodik model taklif etilgan.
Matnning tuzilishi mantiqan izchil, ilmiy uslubga mos, keltirilgan manbalar dolzarb va mavzuga bevosita aloqador. Xulosa qismi esa tadqiqot natijalarini aniq va qisqa tarzda umumlashtirgan.
Xulosa o‘rnida:
Axunjanova Sh.I.ning ushbu maqolasi xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS) talablari asosida o‘quvchilarda tadqiqotchilik, tahliliy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda amaliy-metodik ahamiyatga ega ilmiy ish hisoblanadi. Maqola mazmuni ilmiy jurnallarda chop etish uchun tavsiya etiladi.