Maqola/Tezis talabi image
MAQOLA VA TEZISLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

DIQQAT! GOOGLE SCHOLAR DA MAVJUD BO‘LMAGAN, SHO‘BA MAVZULARIGA MOS MAQOLALAR QABUL QILINADI.

Maqola hajmi: 7 betdan oshmasligi
Matn redaktori: MS Word
Qog‘oz o‘lchami: A4 (21 x 29,7 sm)
Shrifti: Times New Roman
Asosiy matn o‘lchami: 14 kegl
Qatorlar oralig‘i (interval): 1.15
Аsosiy va qoʼshimcha sarlavha boshlanishidan oldin 14 pt, asosiy matngacha 6 pt; 
Аsosiy matn boshlanishdan avval 0 pt, tugagandan soʼng 3 pt.
Jadval va chizmalarning nomlanishi: boshlanishdan avval 6 pt, tugatilgandan keyin 3 pt; 
Jadval va chizmalar ostidagi manbaning joylashuvi: boshlanishdan avval 3 pt, tugagandan soʼng 3 pt.
Xat boshi: 1.25 pt
Maket hajmi: yuqoridan 2.0 sm, pastdan 2.0 sm, chapdan 2.0, o‘ngdan 2.0 sm.
Sahifa (bet) raqamlari: toq raqamlar pastki chap burchakda, juft raqamlar pastki o‘ng burchakda aks etishi lozim.

Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va fin tillarida taqdim etilishi mumkin va u quyidagi tartibda tuziladi: sarlavha, annotatsiya, kalit so‘zlar (maksimal 4 ta), kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Аsosiy va qoʼshimcha sarlavhalar: qalin harflar bilan (14 pt) yozilishi, chap tomonga nisbatan tekislanishi lozim. 
Аsosiy va qoʼshimcha boʼlimlar quyidagicha tartiblanishi: 1. Kirish, 2., 2.1, 2.1.1 va h.k. (uchtadan ortiq raqamlangan boʼlim sarlavhalaridan foydalanmang, masalan 2.1.1.1). Raqamsiz sarlavhalarga ham ruxsat beriladi.

Rasm va jadvallar (shrift oʼlchami 9 kegl) matnga birlashtirilishi va aniq havola berilishi kerak, masalan: (1-rasm) yoki ... “2-jadvalda ... taqdim etildi”. 
Rasm va jadvallar oq qora rangda boʼlishi lozim. Har bir rasm va jadval nomlanishi va oʼsib borish ketma-ketligida raqamlanishi kerak. Rasm va jadvallarning sarlavhasi chap tomonga tekislangan va qalin harflarda boʼlishi, manbasi esa, chap tomonga tekislangan va qalin harflarda boʼlishi lozim.

Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi yuqoridagi talablarga mos kelmagan va muddatidan keyin topshirilgan ilmiy maqolalarni chop etmaslik huquqiga ega!

Talablarga muvofiq tayyorlangan maqolalar mas’ul xodimning telegram raqami yoki conference@nordicuniversity.org elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Qabul qilingan maqolalar mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi va maqolalar qabul qilingandan so‘ng badal to‘lovi uchun hisob yuboriladi.

Bir maqola uchun nashr to‘lovi 100 000 so‘m.
To‘lov Click tizimi orqali quyidagi havola orqali to‘lash mumkin:

Agar to‘lov bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa konferensiya tashkilotchilariga murojaat qiling.
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi yuqoridagi talablarga mos kelmagan va muddatidan keyin topshirilgan ilmiy maqolalarni chop etmaslik huquqiga ega!
 
Konferensiya koordinatori:
dots. D.Miraliyeva, tel: +998 (90) 358 81 48;
dots. N.Lutfullayeva, tel: +998 (90) 962 61 00. 

Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz va fin tillarida elektron variantlarda 2025-yil 5-oktabrga qadar shoʻbalar bo‘yicha qabul qilinadi.