Maqolalarni yuborish uchun quyidagi tugmalardan foydalaning

“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalarining 35 yilligi munosabati bilan “Xalq soʻzi” va “Народное слово” fenomeni: milliy jurnalistikada institutsional kuch va professional mezonlar maktabi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi. 
Konferensiya maqsadi image

 

Davlat boshqaruvi, ochiqlik va jamoatchilik nazorati

davlat boshqaruvida ochiqlik siyosati va uning natijalari, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda OAVning oʻrni, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari

 

Iqtisodiy islohotlar va matbuot hamda media

barqaror rivojlanish kommunikatsiyasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot siyosati, investitsiyalar va biznes muhitini yoritish.

 

Ijtimoiy soha (taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport) va matbuot hamkorligi

ijtimoiy sohalardagi islohotlarning axborot maydonida aks etishi va professional yondashuv.

 

Raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va sunʼiy intellekt davrida OAV

raqamli iqtisodiyot va media integratsiyasi, SI imkoniyatlari hamda media savodxonlik.

“Newspapers cannot be defined by the second word—paper. They’ve got to be defined by the first word—news.”

Arthur Sulzberg, Jr.


 

1-bosqich

Talabgorlar 2026-yilning 10-sentyabriga qadar tashkiliy qoʻmitaning akramxamraqulov01@gmail.com elekton pochtasiga hamda telegramda @qabuln1 manziliga maqola yuborishlari soʻraladi.

10.09.2026
 

2-bosqich

Ushbu bosqichda tahririyat a'zolari tomonidan material ko‘rib chiqiladi va talabga to‘liq javob bersa chop qilish uchun yuboriladi. Talabga javob bermagan ishlar muallif bilan bog'lanib, tuzatishlar uchun yuboriladi.

30.09.2026
 

3-bosqich

Ushbu bosqichda chop qilinishga tayyor materiallar uchun DOI beriladi va boshqa turli xalqaro bazalarga joylash jarayoni bo'lib o'tadi.

05.10.2026
 

4-bosqich

Oxirgi bosqichda talabga javob bergan materiallar konferensiya to‘plamiga kiritiladi va eng yaxshi material konferensiyada qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Sertifikat va boshqa ma'lumotlar konferensiya rasmiy veb saytiga muallif sahifasiga joylashtiriladi.

25.10.2026


*
*
*
  • 86FV+8M Ташкент, Узбекистан
  • 100096 Toshkent, O‘zbekiston, Sebzor ko‘chasi, 22A.