📂 ILMIY-AMALIY ANJUMAN| Raqamli transformatsiya davrida pedagogik ta’limni rivojlantirish istiqbollari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli buyrug‘iga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 

PQ-289-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2025-yil 15-16-oktabr kunlari Xalqaro Nordik Universitetida “Raqamli transformatsiya davrida pedagogik ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. 

Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishlari:

  • Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot; 
  • Sun’iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari; 
  • Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar; 
  • Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar; 
  • Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar.

Talablarga muvofiq tayyorlangan maqolalar mas’ul xodimning telegram raqami yoki conference@nordicuniversity.org elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Qabul qilingan maqolalar mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi va maqolalar qabul qilingandan so‘ng badal to‘lovi uchun hisob yuboriladi. Bir maqola uchun nashr to‘lovi 100 000 so‘m. To‘lov Click tizimi orqali quyidagi havola orqali to‘lash mumkin: Agar to‘lov bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa konferensiya tashkilotchilariga murojaat qiling. Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi yuqoridagi talablarga mos kelmagan va muddatidan keyin topshirilgan ilmiy maqolalarni chop etmaslik huquqiga ega!

Agar to‘lov bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa konferensiya tashkilotchilariga murojaat qiling. Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi yuqoridagi talablarga mos kelmagan va muddatidan keyin topshirilgan ilmiy maqolalarni chop etmaslik huquqiga ega!

Konferensiya koordinatori:  

dots. D.Miraliyeva, tel: +998 (90358 81 48; 

dots. N.Lutfullayeva, tel: +998 (90) 962 61 00.  

Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz va fin tillarida elektron variantlarda 2025-yil 5-oktabrga qadar shoʻbalar bo‘yicha qabul qilinadi.

Xorijiy ishtirokchilar maqolalarni quyidagi elektron pochta orqali jo‘natishlari mumkin: conference@nordicuniversity.org (Konferensiya bo‘yicha savollar va muhokamalar Telegram tarmog‘i orqali tashkil qilingan quyidagi guruh orqali berilishi mumkin https://t.me/+EJsjVf3lZuk4MGE6

Konferensiyaga taqdim etilgan materiallar Google Scholar tizimlarida indeksatsiyalanadi va raqamli obyekt identifikatori (DOI) beriladi. 

Maqolalar elektron tarzda konferensiya saytiga joylanadi. Yuborilgan maqolalar chop etishga loyiq deb topilsa, konferensiya talablariga va standartlariga mos kelsa, maqola mualliflari chop qilinganligi haqida sertifikatni elektron shaklda konferensiya rasmiy veb saytidan yuklab oladilar. Konferensiya to‘plami to‘liq elektron formatda shakllantirilganidan so‘ng, konferensiya rasmiy veb-saytidan yuklab olish mumkin. 

Ushbu konferensiyada ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda ishtirok etuvchilar uchun shaxsiy elektron pochtalariga yoki yuqoridagi telegram guruhiga konferensiya boshlanishidan 1 kun oldin havola joylanadi.   

Konferensiya o‘tkazish joyi: Xalqaro Nordik universiteti, Katta majlislar zali.   

Tashkiliy qo‘mita manzili: 100096 Toshkent, O‘zbekiston, Sebzor ko‘chasi, 22A.

Комментарии
* E-mail pochtangiz saytda aks etib turmaydi