DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17332459
Google scholar:
Zenodo community: https://zenodo.org/records/17332459
Nordic_press journal:
TAQRIZ:
Ushbu maqolada muallif hozirgi globallashuv davrida yosh avlod tarbiyasi va ta’lim jarayonining o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilgan. Asarda “Yuksalish” maktablarida yaratilgan zamonaviy ta’lim tizimi bilan milliy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi chuqur yoritilgan. Muallif yoshlarning gadjetlarga qaramligi, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siri, shuningdek, bu muammoning psixologik, pedagogik va jismoniy xavflarini ilmiy dalillar bilan asoslab bergan.
Maqolada milliy qadriyatlar asosida shakllanayotgan ta’lim muhitining afzalliklari, o‘quvchilarda vatanparvarlik, odob-axloq, mas’uliyat hissini kuchaytirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ota-ona, maktab va jamoatchilik hamkorligining tarbiya jarayonidagi ahamiyati haqida muhim fikrlar keltirilgan.
Muallif mavzuni zamon talablari bilan uyg‘un tarzda yoritib, yoshlarni raqamli dunyo va milliy o‘zlik orasida muvozanatni saqlashga chaqiradi. Ayniqsa, maqoladagi “Har daqiqa — kelajakka sarmoya” g‘oyasi yoshlarni vaqtning qadriga yetishga, maqsadli yashashga undaydi.
Umuman olganda, maqola mazmunan boy, dolzarb, ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, ta’lim va tarbiya tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va psixolog mutaxassislar uchun foydali manba bo‘la oladi.
Xulosa: Maqola uslub jihatidan ravon, mazmunan chuqur va ilmiy talablarga javob beradi. Nashrga tavsiya etiladi.