DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17332965
Google scholar:
Zenodo community: https://zenodo.org/records/17332965
Nordic_press journal:
TAQRIZ:
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini boshlang‘ich ta’limda metakognitiv monitoringni rivojlantirishda qo‘llash masalasi yoritilgan. Muallif o‘quvchilarning o‘z bilimlarini baholash, xatolarini anglash va o‘qish jarayonini mustaqil boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishda SI vositalarining imkoniyatlarini tahlil qilgan.
Maqolada xalqaro manbalar asosida olib borilgan tahlillar (ResearchGate, OSPI, NCSU) asosida SI vositalarining o‘quvchilarning fikrlash jarayonini anglash va o‘z-o‘zini nazorat qilishdagi samaradorligi isbotlab berilgan. Shuningdek, o‘qituvchilarning SI savodxonligi va metodik tayyorgarligi bu jarayonning muvaffaqiyatida muhim omil sifatida qayd etilgan.
Muallif tomonidan metakognitiv monitoringning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi, psixologik-pedagogik jihatlari va cheklovlari batafsil tahlil qilingan. Ayniqsa, SI yordamida individual o‘qitish, teskari aloqa mexanizmlari va refleksiv fikrlashni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Maqola mazmunan dolzarb bo‘lib, hozirgi raqamli ta’lim tizimida juda muhim yo‘nalishni yoritadi. Undagi ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etishda amaliy ahamiyatga ega.
Xulosa:
Maqola ilmiy va uslubiy jihatdan puxta yozilgan, mavzusi dolzarb va amaliyot uchun foydalidir. Nashrga tavsiya etiladi.