Xudayberganova Malika 1


DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17333015

Google scholar: 

Zenodo community: https://zenodo.org/records/17333015

Nordic_press journal: 


MAQOLANI YUKLAB OLISH

SERTIFIKATNI YUKLAB OLISH


TAQRIZ: 

Ushbu maqolada O‘zbekiston musiqa ta’lim tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribalar, xususan Finlyandiya ta’lim tizimi misolida innovatsion yondashuvlarning ahamiyati keng tahlil qilingan. Muallif musiqa ta’limining inson ma’naviyati va tarbiyasidagi o‘rni, tarixiy ildizlari hamda zamonaviy sharoitdagi dolzarbligini asoslab bergan.

Maqolada Finlyandiya va O‘zbekiston musiqa ta’limi tizimlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar tahlil qilinib, dars soatlari, o‘qitish metodlari, o‘quvchilarning motivatsiyasi va o‘qituvchilar malakasi nuqtai nazaridan samarali tajribalar solishtirilgan. Tadqiqot natijalari Finlyandiya tajribasidagi individual yondashuv, ijodiy muhit va musiqiy faoliyatga keng imkoniyat yaratish usullarini O‘zbekiston sharoitida ham qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.

Muallif musiqa ta’limini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, o‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va o‘qituvchilarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, maqolada Finlyandiyadagi musiqa sinflari, ularning ijtimoiy-madaniy ahamiyati hamda o‘zbek maktablari uchun tatbiq etish imkoniyatlari haqida muhim tavsiyalar berilgan.

Maqola usluban ravon, ilmiy mantiqqa ega bo‘lib, dolzarb mavzuni yoritadi. Undagi ilmiy tahlillar, statistik solishtirishlar va amaliy tavsiyalar musiqa ta’limini takomillashtirish yo‘lida foydali ilmiy manba sifatida ahamiyatga ega.

Xulosa: Maqola ilmiy-uslubiy jihatdan talab darajasida yozilgan, mavzusi dolzarb va amaliy qiymatga ega. Nashrga tavsiya etiladi.