DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17333107
Google scholar:
Zenodo community: https://zenodo.org/records/17333107
Nordic_press journal:
TAQRIZ:
Ushbu maqolada cholg‘u ijrochiligi fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy innovatsion yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar va xorijiy tajribalar tahlil qilingan. Mualliflar ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, o‘qituvchilarning zamonaviy texnologiyalarni egallashi hamda musiqiy ta’limni milliy va xalqaro tajribalar asosida boyitish zarurligini asoslab berganlar.
Maqolada Finlyandiya, YUNESKO kabi xalqaro tajribalar misolida musiqiy ta’limning ijodiy yondashuvga asoslanishi, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va estetik didni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Ayniqsa, “Cholg‘u ijrochiligi” fanida interaktiv doskalar, multimedia, “Nuendo” kabi dasturlar yordamida dars jarayonini samarali tashkil etishning afzalliklari amaliy misollar bilan ko‘rsatib berilgan.
Maqola ilmiy jihatdan asosli, o‘zbek va xorijiy tajribalarni uyg‘unlashtirish orqali musiqiy ta’limni yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishida muhim tavsiyalar beradi. Unda ilg‘or o‘qitish uslublari, zamonaviy axborot texnologiyalari va ijodiy yondashuvning musiqiy ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritilgan.
Xulosa: Maqola mavzusi dolzarb, mazmuni boy va amaliy ahamiyatga ega. Unda ilgari surilgan fikr va tavsiyalar musiqiy ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Maqola ilmiy nashr uchun tavsiya etiladi.