Ziyoyeva Maxfuza Soataliyevna 1


DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17333221

Google scholar: 

Zenodo community: https://zenodo.org/records/17333221

Nordic_press journal: 


MAQOLANI YUKLAB OLISH

SERTIFIKATNI YUKLAB OLISH


TAQRIZ: 

Muallif tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy-ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, mustaqil, aralash va masofaviy ta’lim shakllarining o‘rni va ularni raqamli vositalar bilan uyg‘unlashtirish yo‘llarini aniq ko‘rsatib bergan. Maqolada turli platformalar va dasturlardan (PowerPoint, Prezi, Kahoot, Miro, LMS tizimlari va boshqalar) foydalanishning afzalliklari amaliy misollar bilan yoritilgan.

Tadqiqotda muallif aralash (blended learning) ta’lim shaklining xorijiy tajribalar asosida ustun jihatlarini ko‘rsatgan va bu usul orqali talabalarda mustaqil, ijodiy hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishini ilmiy asoslab bergan.

Maqola ilmiy jihatdan asosli, mazmunan to‘liq va usluban ravon yozilgan. Uning natijalari bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini zamonaviy raqamli muhitda samarali tashkil etishda metodik qo‘llanma sifatida ahamiyatlidir.

Xulosa qilib aytganda, ushbu maqola ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali ijodkor, raqobatbardosh va yangicha fikrlaydigan tarix o‘qituvchilarini tayyorlashga qaratilgan ilmiy-amaliy ish sifatida yuqori bahoga loyiq.