Nigmanov Azizbek Ulugbekovich 1


DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17389853

Google scholar: 


MAQOLANI YUKLAB OLISH

SERTIFIKATNI YUKLAB OLISH


TAQRIZ: 

Nigmanov A. U. tomonidan yozilgan ushbu ilmiy maqola bugungi globallashuv va texnologik rivojlanish sharoitida dolzarb mavzulardan biri — ta’lim tizimini raqamlashtirish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ayniqsa Xitoy Xalq Respublikasining tajribasini tahlil qilish orqali muhim ilmiy xulosalarga erishilgan.

Maqolada raqamli ta’limning mohiyati, uning afzalliklari, jamiyatdagi o‘rni hamda raqamli transformatsiyaning ta’lim sifati va tenglikka ta’siri tizimli yondashuv asosida ochib berilgan. Muallif tomonidan ilmiy tahlilning bir nechta metodlari – tizimli, qiyosiy, empirik, kontent va tarixiy yondashuvlardan foydalanilgani maqolaning ilmiy asoslanganligini ta’minlagan.

Tahlillar bo‘limida Xitoyning raqamli ta’lim sohasida erishgan natijalari raqamlar va statistik ko‘rsatkichlar asosida aniq yoritilgan. Xususan, “3C” (Connection, Content, Collaboration) va “3I” (Integration, Intelligence, Internationalization) modellari orqali Xitoyda raqamli ta’limning bosqichma-bosqich rivojlanishi izchil tahlil qilingan. Bu yondashuv nafaqat Xitoy tajribasini o‘rganish, balki uni boshqa mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun amaliy model sifatida ko‘rib chiqish imkonini beradi.

Maqolaning ilmiy va amaliy ahamiyati shundaki, unda raqamli ta’limning nafaqat texnologik, balki ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy o‘lchovlari ham ko‘rib chiqilgan. Muallif ta’limdagi raqamli tengsizlikni kamaytirish, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi chora-tadbirlarni ilmiy tahlil etgan.

Maqola tili ilmiy-uslubda, mantiqan izchil va o‘qishga qulay. Fikrlar aniq, dalillar statistik ma’lumotlar bilan mustahkamlangan. Foydalanilgan adabiyotlar zamonaviy va mavzuga bevosita aloqador bo‘lib, ilmiy manbalarga tayangan holda yozilgan.

Xulosa sifatida:

Nigmanov Azizbek Ulug‘bekovichning “Xitoyda ta’limni raqamlashtirish va uning xalqaro ahamiyati” nomli maqolasi ilmiy yangilik, tahliliy yondashuv va amaliy ahamiyat jihatidan e’tiborga molik bo‘lib, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli siyosatni shakllantirish hamda xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish uchun foydali manba sifatida tavsiya etiladi.

Maqola nashrga tavsiya etiladi.