Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Hoshimov Akrom Abdiyevich 1967-yil 10-aprelda Samarqand viloyati Payariq tumanida ishchi oilasida tugʻilgan. 1974 – 1984-yillarda tumandagi I. S. Turgenev nomidagi 45-oʻrta umumtaʼlim maktabini tamomlagan. 1985 – 1987-yillarda harbiy xizmatni oʻtab, 1988 – 1989-yillarda Payariq tumanidagi jamoa xoʻjaligida ishlagan.
1989-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutiga oʻqishga qabul qilingan. 1995-yilda Toshkent moliya institutini Buxgalteriya hisobi, taftish va nazorat mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1995 – 1999-yillarda “Oʻzdehqonchilikqurilish” birlashmasida ish yurituvchi buxgalter, Bosh buxgalter yordamchisi, Bosh buxgalter, Buxgalteriya hisobi, hisoboti va soliqlar Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1999 – 2009-yillarda “Qishloq hayoti” gazetasi tahririyatida Bosh hisobchi, tahririyat bosh muharririning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
2001 – 2009-yillarda oʻrindoshlik asosida Toshkent moliya institutining “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchi va dotsent lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2009 – 2018-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi professori lavozimida ishlagan. U 2002-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan boʻlsa, 2007-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
A. Hoshimov 2009-yil fevraldan boshlab “Xalq soʻzi” va “Narodnoe slovo” gazetalari tahririyati Bosh hisobchisi, Bosh muharrirning Iqtisod va marketing masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
A. Hoshimov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faxriy professori, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi hamda Nyu-York (AQSH) fanlar akademiyasi akademigi hisoblanadi.
Oʻtgan yillar davomida uning muallifligida 5 ta monografiya, 10 ta oʻquv-qoʻllanma hamda 7 ta (shundan beshtasi hammualliflikda) darslik chop etilgan. Shuningdek, A. Hoshimov AQSH, Rossiya, Yaponiya, Malayziya, Chexiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Latviya, Litva, Estoniya kabi dunyoning qator davlatlarida boʻlib, oʻz mutaxassisligi boʻyicha tajriba va malakasini oshirgan.
Uning ilmiy rahbarligida 2 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodi, 8 nafar iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) muvаffaqiyatli himoya qilgan.
A. Hoshimov 2007-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi”, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
2010 – 2015-yillar davomida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida faoliyat koʻrsatgan.
A. Hoshimov bugungi kunda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi DSc.03/30.12.2019.i.03.05. raqamli Ilmiy kengash va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 Ilmiy kengashi aʼzosi.
Shuningdek, A.Hoshimov “Xalq soʻzi” va “Narodnoe slovo” gazetalari tahririyati, “Kasbiy fanlar metodikasi”, “Agroilm” jurnallari tahrir hayʼati va ekspertlar kengashi aʼzosi hisoblanadi.
Hoshimov Akram Abdiyevich 2023-yilda Prezidentimiz Farmoniga koʻra, “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan. 2024-yilda “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
1. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2082
2. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2081
3. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2080
4. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2079
5. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2078
6. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2077
7. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2073
8. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2071
9. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2075
10. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2074
11. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2076
Zenodo community: https://zenodo.org/communities/a-a-xashimov
1. https://doi.org/10.5281/zenodo.14923014
2. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922939
3. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922888
4. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922819
5. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922799
6. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922770
7. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922741
8. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922719
9. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922701
10. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922665
11. https://doi.org/10.5281/zenodo.14922120
"Xalq so‘zi" va "Narodnoye slovo" gazetalariga "Oltin qalam - 2022" milliy mukofoti topshirildi
Taniqli jurnalistlar va matbuot nashrlari orasida nufuzli hisoblangan "Oltin qalam" XVI Milliy mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi. "Bosma ommaviy axborot vositalari yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi jurnalistik materiallar uchun" nominatsiyasida "Xalq so‘zi" va "Narodnoye slovo" gazetalarining tahririyati birinchi o‘rinni egalladi.
Mukofot jurnalistlarning mamlakat ijtimoiy hayotidagi dolzarb masalalarni yoritishdagi faolligi va haqqoniylik tamoyillariga sodiqligi uchun berildi. Bu yutuq jamiyat oldidagi mas’uliyatni yanada oshirishga undaydi.
Tadbir doirasida soha mutaxassislari OAVning roli, axborot erkinligi va jurnalistika rivoji bo‘yicha fikr almashishdi.
O‘zbekiston 2030-yilgacha “Yashil taraqqiyot”ga erishish strategiyasini belgiladi
O‘zbekiston ekologik barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni uyg‘unlashtirish maqsadida 2030-yilgacha “Yashil taraqqiyot” strategiyasini ishlab chiqmoqda. Ushbu strategiya energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish va suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Mamlakatda muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat va qishloq xo‘jaligidagi isrofgarchilikni kamaytirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Xususan, 2024-yilda 12 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, suv resurslaridan samarali foydalanish masalasi ham dolzarb bo‘lib, bu borada irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Ushbu chora-tadbirlar mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda global ekologik o‘zgarishlarga moslashish imkonini beradi.
1. Ma'rifat - xalq ziyolilari gazetasini yuklab olish - 2024-yil 10-yanvar, №2
2. Xalq so'zi gazetasini yuklab olish - 2025-yil 25-fevral, №39