Muxammadiyeva Umida Faxriddin qizi 1


DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15202611

Google scholar: https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=%22MADANIY+TAFOVUTLARNING+TARJIMA+JARAYONIDAGI+O%27RNI+VA+TA%E2%80%99SIRI%22&btnG=

Zenodo community: https://zenodo.org/records/15202611

Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2362


MAQOLANI YUKLAB OLISH

SERTIFIKATNI YUKLAB OLISH


TAQRIZ: 

Maqolada madaniy tafovutlarning tarjima jarayonidagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. O‘zbekiston til va adabiyoti universitetining ikkinchi bosqich doktoranti Umida Faxriddin qizining ushbu ishida madaniy tafovutlar, lingvistik tafovutlar va madaniy-belgilangan tushunchalar tarjimasi yuzasidan tahlil va muammolar ko‘rib chiqilgan.

Asosiy yo‘nalishlar va fikrlar:

  1. Lingvistik tafovutlar: Tarjima jarayonida til va madaniyat o‘rtasidagi grammatik, leksik, fonetik, semantik tafovutlar keltirib chiqaradi. Har bir til o‘zining tarixiy taraqqiyoti, madaniyati va ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tafovutlarni yoritishda tilshunoslar bir nechta xususiyatlarni, jumladan so‘z yasashdagi farqlarni, grammatik strukturalarni taqqoslagan.

  2. Madaniy-belgilangan tushunchalar: Madaniyatlararo tafovutlarni tarjima qilishda yuzaga keladigan semantik yo‘qotishlar, noto‘g‘ri talqinlar va madaniy konnotatsiyalarni o‘rgatish zarurligi ta’kidlangan. Tarjimada madaniyatga oid iboralar, maqollar va hazillarni to‘g‘ri va aniq tarjima qilishda tarjimonlar madaniy kontekstni chuqur tushunishi kerak.

  3. Pragmatik tafovutlar: Tillar orasidagi pragmatik tafovutlar ham tarjimaga ta’sir qiladi. Masalan, ingliz tilida qisqa va lo‘nda ifodalar qo‘llanilsa, o‘zbek tilida murakkab, izohli va holatga moslashtirilgan ifodalar mavjud.

  4. Madaniy tafovutlarning kinoda va huquqiy matnlarda ta’siri: Tarjima jarayonida tarixiy atamalar va madaniy ramzlar to‘liq aks ettirilmagan hollar keltirilgan. "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" filmi misolida madaniyatlararo tafovutlar ingliz tilidagi subtitrlarda to‘liq aks ettirilmaganligini ko‘rsatilgan.

Xulosa: Tarjima jarayonida madaniyatlararo tafovutlar va semantik yo‘qotishlar, tarjimonlarning madaniyatlararo kompetensiyasiga ta’sir qiladi. Tarjimonlar madaniy tafovutlarni to‘g‘ri anglash, ularni kontekstual va izohli tarzda yoritish orqali tarjimaning sifatini oshirishga yordam berishlari kerak.