DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15202800
Google scholar:
Zenodo community: https://zenodo.org/records/15202800
Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2367
TAQRIZ:
Ushbu maqola o‘zbek va nemis tillaridagi tarjima jarayonlarida ramzlar va allegoriyalarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqola, asosan, ikki o‘zbek romanining nemis tilidagi tarjimalarida ramzlar va allegoriyalarning qanday o‘zgarganini, ularning nemis tiliga qanday moslashtirilganini o‘rganadi. Uchqun Nazarovning «Chayon yili» va Shukrullo Yusupovning «Kafansiz ko‘milganlar» asarlari tarjimalaridagi ramzlar va allegoriyalarni tahlil qilish orqali tarjima nafaqat til o‘zgartirish, balki madaniyatni moslashtirish jarayoni ekanligini ko‘rsatadi.
Maqola tarjimonlarning madaniy kodlarni va asarlardagi chuqur ma’nolarni nemis o‘quvchisi uchun tushunarli qilishga bo‘lgan sa’y-harakatlarini yoritadi. Misol tariqasida, «Leine» (arqon), «Do‘zax» (jahannam), «Tikonli devor» (tikanli devor) kabi ramzlarning nemis tiliga qanday o‘zgartirilganligi va bu o‘zgartirishlarning asl ma’nolarga qanday ta’sir qilgani keltirilgan.
Ushbu maqola tarjima sohasida alohida e’tibor talab qiladigan madaniy moslashtirish va ramzlarni saqlash masalalariga oid muhim nuqtalarni ko‘rsatadi. Nemis tiliga tarjima qilingan asarlarning o‘zbek tilidagi asl nusxalari bilan taqqoslanishi, tarjimonning san’ati va ularning madaniyatlararo o‘zgartirishlardagi roli haqida qimmatli tahlillarni taqdim etadi.
Umuman olganda, maqola adabiy tarjima va madaniyatlararo o‘zaro munosabatlarni o‘rganishda ilmiy qo‘llanma sifatida katta ahamiyatga ega.