Shomurodova Sitora Hoshim qizi 1, Muratova Aziza Kamilovna 2


DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15202262

Google scholar: https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=%22ALEKSANDR+SERGEYEVICH+PUSHKIN+ERTAKLARI+VA+O%E2%80%98ZBEK+XALQ+OG%E2%80%98ZAKI+IJODI%22&btnG=

Zenodo community: https://zenodo.org/records/15202262

Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2355


MAQOLANI YUKLAB OLISH

SERTIFIKATNI YUKLAB OLISH


TAQRIZ: 

Ushbu maqolada Aleksandr Sergeyevich Pushkin ertaklarining o‘zbek xalq ertakchiligi bilan umumiy jihatlari tahlil qilingan. Muallif Pushkin ijodining nafaqat badiiy, balki tarbiyaviy va axloqiy ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratgan. Xususan, “Baliqchi va baliq haqida ertak” hamda “Shoh Saltan haqida ertak” asarlaridagi syujet, obraz va ramzlarning o‘zbek xalq ertaklaridagi an’anaviy unsurlar bilan mushtarakligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada Pushkin ertaklaridagi xalq og‘zaki ijodining belgilarini ochib berish orqali muallif bolalarga mo‘ljallangan adabiyotda xalqona ruh, fantastik tafakkur va axloqiy saboqlarning qanday uyg‘unlashganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, “Baliqchi va baliq haqida ertak”dagi kampirning ochko‘zligi va buning oqibati o‘laroq hamma narsasidan ayrilishi orqali berilgan xulosa bolalar tarbiyasi uchun muhim vosita sifatida talqin etilgan. Maqola ilmiy uslubda yozilgan bo‘lib, tahliliy yondashuv, qiyosiy misollar va aniq dalillar asosida mavzuni chuqur yoritadi. Shu bilan birga, Pushkin ijodining jahon va milliy ertakchilikdagi o‘rni haqida mushohada yuritilib, uning xalq ruhi bilan uyg‘unligi asoslab berilgan. Mazkur maqola bolalar adabiyoti, ertakshunoslik va milliy-ma’naviy tarbiya yo‘nalishida tadqiqot olib borayotganlar uchun foydali ilmiy manba bo‘la oladi.