Sobirova Nozima Aziz qizi1, Ismatova Shaxnoza Miraxmatovna 2


DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15202306

Google scholar: https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=%22YOZUVCHI+NIGOHIDA+TAQDIR%3A+%E2%80%9CQARZGA+OLINGAN+UMR%E2%80%9D+ASARINING+BADIIY+TAHLILI+MISOLIDA%22&btnG=

Zenodo community: https://zenodo.org/records/15202306

Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2356


MAQOLANI YUKLAB OLISH

SERTIFIKATNI YUKLAB OLISH


TAQRIZ: 

Nozima Sobirovaning “Yozuvchi nigohida taqdir: ‘Qarzga olingan umr’ asarining badiiy tahlili misolida” nomli maqolasi o‘zbek kitobxonlari orasida mashhurlikka erishgan Erix Mariya Remarkning mashhur romanini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqola yosh adabiyotshunosning badiiy asar voqealari va obrazlari orqali insoniy tuyg‘ular, hayot va o‘lim, muhabbat va taqdir to‘qnashuvlarini teran anglashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi. Muallif asarda ko‘tarilgan falsafiy va psixologik masalalarni hayotiy tajriba, real voqealar bilan bog‘lab, kitobxon ongida chuqur mulohaza uyg‘otadi. Klerfe va Lilian obrazlari orqali taqdirning keskin burilishlari, umrning muvaqqatligi, sevgi va xafagarchilik o‘rtasidagi ziddiyatlar hissiyot bilan bayon etilgan. Ayniqsa, Lilian xarakterining o‘zgarishi, ruhiy kechinmalari, hayotga bo‘lgan munosabatidagi tafovutlar muallif tomonidan ancha nozik tarzda ochib berilgan. Tahlil davomida yozuvchi uslubining ta’sirchanligi, badiiy detallarning chuqurligi va asarning bugungi o‘quvchi uchun qanday ahamiyat kasb etishi borasidagi fikrlar asosli dalillar bilan yoritilgan. Shuningdek, muallif o‘zining shaxsiy mulohazalari va hissiy munosabati orqali o‘quvchiga asarni qayta anglash imkonini beradi. Maqolaning tili ravon, uslubi sodda va o‘quvchiga yaqin bo‘lib, adabiy tahlilning ilmiylik bilan uyg‘unlashganini ko‘rish mumkin. Xulosa qilib aytganda, mazkur maqola adabiy tanqid, badiiy tahlil va ruhiy-falsafiy mushohada jihatidan dolzarb bo‘lib, talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda adabiyot ixlosmandlari uchun o‘rganishga arzigulik ilmiy ish hisoblanadi.