Ismoilov Yusuf Niyazmetovich

Ismoilov Yusuf Niyazmetovich

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15260537

Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2373


PDF

TASHAKKURNOMA

tashakkurnoma (2).pdf


CHET TILLARI FANLARARO ILMIY-AMALIY YO`NALISH SIFATIDA 

Ismoilov Yusuf Niyazmetovich

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Biz, chet tili o‘qituvchilari, o‘z faoliyatimiz doirasida asosan o`quv  metodik-pedagogik muammolar yechimi bilan shug‘ullanishimizni va bitiruvchilarimizning kasbiy va ishga joylashishlari bilan bog‘liq istiqbollariga nisbatan kam e'tibor berishimizni tan olishimiz kerak. Buning sababi, an'anaviy ravishda bu masalalar oliy ta'lim va mehnat vazirligi, hamda hokimiyatlar mutasaddilari tomonidan hal qilinishiga tayanib, biz esa  shu paytgacha o‘z faoliyatimizda faqat “dars beruvchi” o‘qituvchi sifatida kuzatish bilan chegaralabnib qolmoqdamiz.  Endilikda esa, zamonlar o‘zgardi, ijtimoiy, siyosiy, geopolitik va mental jihatdan ko‘p narsa o‘zgarishga yuz tutdi. Kishilarning kasbiy faoliyatlarida ham keskin o`zgarishlar yuzaga kelmoqda: bir paytlari kasbga yo`naltiruvchi diplomning o`zi endilikda yetarli bo`lmay qolmoqda, “malaka” va  “kompetensiya”  tushunchalari asosiy mezonga aylanib bo`ldi. Ayni paytda, tobora global tus olib borayotgan dunyoda kasbiy faoliyat va ishga joylashish masalalari shaxsiy va ota-onalarninggina emas, balki jamiyatda ijtimoiy zaruriyatga molik ommaviy muammoga aylanib bormoqda.

Bunday vaziyat ayniqsa filologiya sohasida yaqqol ko`zga tashlanib qolmoqda. Biz ushbu masalaning yechimi kalitini filologiya fanining nisbatan yangi funksiyasida, ya'ni uning interdistsiplinar, ya`ni fanlararo xususiyatida ko‘ramiz. Aslida, interdistsiplinar yangi yondashuv emas, chunki filologiyaning fanlararo tabiati aslida uning mohiyatiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Shu o`rinda filologiyaning an`anaviy ravishda ikkala tarkibiy qismdan, ya`ni adabiyot va tilshunoslikdan iborat ekanligini nazarda tutsak, lingvistika bilan taqqoslaganda, adabiyotda amaliy jihatdan tilshunoslar havas qiladigan natijalarga erishilgan. Buning isboti sifatida xilma – xil adabiy asarlar nashrlari, teatr, radio va televedeniyada muntazam taqdim etiladigan ko`rsatuv va eshittirishlar, adabiy kechalar kabi turfaxil tadbirlarni keltirish mumkin. Tilshunoslar esa, afsuski aksariyat hollarda sinf va auditoriyalarda qolib ketishmoqda.

Quyida tilshunoslikning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lgan chet tillari yo‘nalishi misolida o`z yechimini kutayotgan bir qato muammolarga to`xtaliniladi. Chet tillarini o`rganishning o`zida yaqqol pragmatik maqsad ko`zlangan bo`lsada, bo borada O`zbekistonda chet tillarini o`rganish amaliyotida muammolar mavjudligini tan olishimiz kerak. Nazarimda, muammo filologiyaning fanlararo salohiyatlarini amaliyotga tatbiq etishda yashiringan. Ayni paytda chet tillarining bu jihatdan potentsial imkoniyatlari o`ta keng bo`lib, ushbu maqola doirasida ularni tahlilga tortishga harakat qilinadi.

Shu o`rinda fanlararo (interdistsiplinar) tushunchasiga qisqacha to`xtalsak. Interdistsiplinarlik tushunchasi umumiy tarzda insonning turli fan yo‘nalishlarining ehtiyojlarini  hisobga olish va qaror qabul qilish jarayonini nazarda tutadi. Interdistsiplinarlik (lotincha inter – "o‘rtada", disciplina – "ta'lim", "ilm", "tartib", "soha") turli ilmiy sohalarning yondashuvlarini, fikrlash uslublarini yoki metodlarini hamkorlikda ishlatish va rivojlantirishni anglatadi. Interdistsiplinar ish yuritish deganda, "bir nechta sohalarni keng qamrab olish, bir nechta sohalarning hamkorligi bilan bog‘liq ish yuritish" tushuniladi(1). Interdistsiplinarlik bugungi kunning jiddiy chaqirig‘iga aylangan: XXI asr boshlarida globalizatsiya ta`sirida ilmiy tadqiqotlar sohasida interdistsiplinarlik va amaliy yondashuvning ustuvorligi ko‘plab ilmiy yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topmoqda.

Lingvistika bu nuqtai nazardan istisno emas. Fanlararo yondashuv filologik fan sifatida shakllanib kelayotgan, ayni paytda pragmatik yo’nalishi bilan ajralib  turadigan amaliy lingvistika fani doirasida o`z aksini topmoqda. Amaliy lingvistikaning interdistsiplinar tabiati turli nuqtai nazar va metodlarni o‘z ichiga olgan holda, lingvistik tadqiqotlarni rivojlantiradi va turli sohalarda amaliy yechimlarga hissa qo’shadi. Bu esa ushbu sohani yanada boyitadi. Amaliy lingvistika – bu lingvistikaning ba'zi sohalari, xususan etnolinguistika, kontrastiv lingvistika, leksikografiya, kompyuterlingvistika, patolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, tarjimashunoslik kabi lingvistik tarkibga ega interdistsiplinar ish sohalarini o‘z ichiga olgan “jamlovchi tushunchasi”dir(2). Bu yerda lingvistikaning nazariy jihatini inkor qilmagan holda, amaliy qo‘llaniladigan maqsadlar bilan shug‘ullanuvchi lingvistika turi tushuniladi. Bu faqat lingvistik tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat emas, balki nazariy asoslangan va ilmiy jihatdan mustahkamlangan ish yo‘nalishlariga, masalan, tarjima, leksikografiya, til o‘qitish yoki til terapiyasi kabi sohalarga qaratilgan faoliyatni anglatadi. Amaliy lingvistika, shu jumladan, til bilan bog‘liq muammolarni hal qilish va kommunikatsiya jarayonlarini samarasiga yordam beradi.

Quyida amakiy lingvistikaning ikki jihati, ya'ni tilni qo‘llash sohalariga va til bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan kasblarga interdistsiplinar nuqtai nazardan qarashga harakat qilinadi. Adabiyotda interdistsiplinar qo‘llaniladigan guruhlarning turli klassifikatsiyalari keng tarqalgan(3). Ular asosan nemis tilini ona tili sifatidagi maqomi doirasida xorijiy tillar bilan taqqoslaganda kengroq qo‘llash sohalariga ega bo’lishidan kelib chiqib tasnifga tortiladiladi. Xorijiy tillarning afzalligi ularning mohiyatida, ya'ni ular yaqqol xalqaro xususiyatga ega ekanligidan iborat.  Nemis tilining chet tili sifatida o‘rganilishiga kelsak, umumiy tarzda tilning ikkita asosiy qo‘llanilish guruhiga ajratish mumkin: birinchi guruh, nemis tili filologik fan sifatida(nemis filologiyasi), va ikkinchi guruh, nemis tili chet tili sifatida turli (lingvistik bo‘lmagan) sohalarda kasbiy soha tili sifatida qo‘llaniladigan guruh.

Soha nemis tilini (Fachsprache) o‘rganilishida yana ikkita guruhni alohida ajratish mumkin: tilga bevosita yaqin “qarindosh” va tilga bilvosita aloqador guruhlar. Til bilan bevosita bog`liq  sohalarga quyidagilar kiradi:

  • Til kommunikatsiyasi: Ommaviy axborot vositalarida kommunikatsiya (masalan, jurnalistikaning  yozuv og`zaki shakllari), korporativ kommunikatsiya, og‘zaki kommunikatsiya (til o‘rganish, nutq madaniyati, kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish, suhbat treningi va amaliy suhbat tadqiqotlari), reklama kommunikatsiyasi, madaniyatlararo kommunikatsiya;
  • Sud ekspertizalari va til va kommunikatsiya bo‘yicha ekspertiza (forensik lingvistika), suddagi kommunikatsiya;
  • Ommaviy kommunikatsiya (print, radio va kompyuter ommaviy axborot vositalari), elektron kommunikatsiya, sun'iy intellekt;
  • Kompyuter yordamida tilni qayta ishlash (matn texnologiyasi, gipermatn konstruktsiyasi, veb-saytlarni baholash, lingvistik ma'lumotlarni qayta ishlash, mashina orqali izlash va tarjima yordamchi dasturlari, inson-mashina o‘zaro aloqasi, o‘quv dasturlari)
  • Til siyosati va tilni rejalashtirish bo‘yicha maslahatlar, til maslahatlari va yozuv bo‘yicha maslahatlar, individual va jamiyat uchun (imlo, grammatik qoidalar, matn rejalashtirish, stilistik tavsiyalar), suhbat maslahatlari va amaliy retorika;

Tilga bilvosita aloqador sohalar: texnik kommunikatsiya, terminologiya va kasbiy tillarni o‘rganish (masalan, maxsus lug‘atlar, g‘lossariylar, kommunikatsiyani standartlashtirish), korpus lingvistikasi doirasida faoliyat turlari. Usbu sohalar til bilan „qarindosh“ bo`lmasada, bir paytning o`zida tilshunoslar va turli soha vakillari tadqiqoti uchun „o`zlashmagan qo`riq“ hisoblanadi va bu borada har ikki tomonning hamkorligi zarur.

Amaliy tilshunoslik o`zining kompetensiyalarga tayangan xusuyatida doirasida lingvistik yo`nalish bitiruvchilari uchun yangi kasbiy imkoniyatlar yaratadi. Aslida til bilan bog`liq bo`lmagan sohaning o`zi yo`q, chunki kommunikatsiyasis hech qanday kasbni amalga oshirib bo`lmaydi. Til bilan bog‘liq kasblar, agar e`tibor bilan qaralsa, juda ko’p. Chet tillarida malakali bilimlariga ega bo‘lish, ayniqsa, mehnat bozorida katta afzalliklarga ega bo‘lishni ta'minlaydi. Ko‘pchilik kasblar bilan taqqoslaganda, chet tili bilimi bilan bog`liq kasblar  xalqaro kasblar qatoriga kiradi. Til bilan bog‘liq kasblarga tilshunoslik, tarjimashunoslik, ta'limdan tashqari  quyidagi sohalarni sanab o`tish mumkin: madaniyat va ommaviy axborot vositalari, turizm, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, logistika va transport, xalqaro savdo, marketing, siyosat, diplomatiya va boshqaruv, notijorat tashkilotlar. Ish beruvchilar uchun, kompyuter bilimlari va kompetensiyalariga qo‘shimcha ravishda, talabgorlar kamida bitta chet tilini bilishlari muhim. Ko‘plab ish beruvchilarning xalqaro muhitda faoliyat ko`rsatishni istashlari oddiy hol hisoblanadi. Til, ayniqsa chet tillari bilan bog‘liq ko‘plab xalqaro kasblar mavjud bo`lib, ular bugunga kelib mehnat bozorida eng talab qilingan sohalardir. Kimki mehnat bozorida yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishni istasa, ta'lim jarayonida chet tillari bilan chuqur shug‘ullanishi va yuqori til darajasiga erishishi lozim.

Chet tillari doirasidagi fanlararo yondashuv kasbiy sohalarda  muvaffaqiyatli ravishda faoliyat ko`rsatish uchun quyidagi kabi kompetensiyalarni shakllantirish  yoki ularni rivojlantirish muhim:

  • muloqot qilish qobiliyati,
  • tahliliy fikrlash,
  • tuzilgan ish rejasi va uslubi,
  • tez anglab olish qobiliyati,
  • muammoga yechim topishga yo‘naltirilganlik,
  • faol yondashuv,
  • rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyati,
  • natijaga yo‘naltirilganlik,
  • ishtiyoq va motivatsiya,
  • xatolardan o‘rganishga ochiqlik,
  • innovatsion yondashuv,
  • jarayonlarni boshqarish qobiliyati.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda o`rta maktablarning birinchi sinfidanoq chet tillarini o`qitish yo`lga qo`yilgsan. Nemis tili mamlakatimizda ingliz tilidan keyin eng muhim ikkinchi chet tili hisoblanadi. Ushbu chet  tili bu yerda 1948-yildan buyon filologik fan va chet tili fani sifatida barcha viloyatlardagi universitet va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladi. Faqat poytaxt Toshkentning o‘zida "Filologiya va tillarni o‘qitish (Nemis tili)" yo‘nalishi quyidagi uchta universitetda mavjud: Jahon tillari universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet va Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti. Ushbu ta’lim yo‘nalishini tamomlaganlar odatda quyidagi uchta kasbiy sohaga kirib boradilar: Til o‘qitish / chet til didaktikasi, tarjima / tilmochlik, til texnologiyalari. Bu yo‘nalishlar aslida nemis filologiyasining mohiyatiga va maqsadlariga mos keladi. Bu boradagi muammo ushbu fanni egallagan bitiruvchilarnig ishga joylashishlarida imkoniyatlarning cheklanganligidan iborat.

Ko`rinib turibliki, mamlakatimizda chet tillarini o`qitish borasida yetarli ko`lamlilik va tajribaga erishilgan. Endilikda esa, bu ta’lim yo‘nalishi doirasida davr talablariga mos ravishda bir qator muhim o`zgarishlar kiritish zaruriyati paydo bo`lmoqda.