Sherzod Mustafakulov

Sherzod Mustafakulov

Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor


DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15260695

Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2379


PDF

TASHAKKURNOMA


Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, aziz olimlar, ustozlar va mehmonlar!

Ilmiy-nazariy va amaliy anjumanning mazmun-mohiyatiga nazar solar ekanmiz, bir haqiqat ayon bo‘ladi: taʼlim sifati – har qanday jamiyat taraqqiyotining tayanchi, til va adabiyot esa shu jamiyat tafakkuri, madaniyati, dunyoqarashining asosi hisoblanadi.

Xalqaro Nordik universitetida tashkil etilgan “Taʼlim sifatini oshirishda tilshunoslik, xorijiy til va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodik yondashuvlari: muammolar, imkoniyatlar va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi – tilshunoslik, xorijiy tillar, adabiyot va ularni o‘qitish metodikalarini zamonaviy yondashuvlar asosida tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlab, amaliy yechimlar ishlab chiqishdek ustuvor maqsadga xizmat qiladi. Zero, bugun bizdan bilimli emas, balki kreativ fikrlaydigan, tafakkuri global, lekin ildizi milliy avlodni shakllantirish talab etilmoqda.

Til o‘rganish – bu shunchaki so‘zlarni yod olish emas, bu boshqa madaniyatni anglash, o‘z fikrini yetkazish, dunyo bilan muloqot qilish imkonidir. Shu sababli xorijiy til va adabiyotini o‘qitishda innovatsion metodlar, kommunikativ yondashuvlar, raqamli taʼlim resurslari muhim ahamiyat kasb etadi.

Konferensiyada tilshunoslikning nazariy va amaliy yo‘nalishlari, tarjimashunoslikdagi dolzarb muammolar, jahon adabiyotining o‘quv jarayoniga integratsiyasi, innovatsion ta’lim texnologiyalari keng muhokama qilinishi, muloqotlar o‘tkazilishi, shubhasiz, ilmiy va amaliy jihatdan sermahsul natija beradi.

Hurmatli ishtirokchilar!

Sizlar bilan birga yangi g‘oyalarni ilgari surish, ilg‘or tajribalarni o‘rtoqlashish, ta’limning sifatli kelajagini birgalikda qurish biz uchun sharafdir. Barchangizga ilmiy izlanishlaringizda muvaffaqiyatlar va amaliy natijalar tilayman!