“TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA TILSHUNOSLIK, XORIJIY
TIL VA ADABIYOTINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY
METODIK YONDASHUVLARI: MUAMMOLAR,
IMKONIYATLAR VA YECHIMLAR"
MАVZUSIDАGI RESPUBLIKА

ILMIY - NAZARIY, ILMIY - AMALIY ANJUMAN
2025-yil 30-aprel

Konferensiya maqsadi image
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5117-sonli Qarorida xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Qarorida 376-son o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalarining hamkorligini kuchaytirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish vazifalari belgilangan. 

Shu maqsadda Xalqaro Nordik universitetida “TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA TILSHUNOSLIK, XORIJIY TIL VA ADABIYOTINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIK YONDASHUVLARI: MUAMMOLAR, IMKONIYATLAR VA YECHIMLAR” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjuman rejalashtirilgan.
 

Tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari;

Batafsil
 

Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion taʼlim texnologiyalari;

Batafsil
 

Jahon adabiyotining durdona asarlari tadqiqi va metodologiyasi;

Batafsil
 

Badiiy tarjima va tarjimashunoslik: muammo va yechimlar;

Batafsil

Learning another language is like becoming another person

Haruki Murakami

 

1-bosqich

Muallif tomonidan konferensiya uchun tayyorlangan maqola yoki tezis telegram ijtimoiy-tarmog'idagi rasmiy telefon raqam (akkauntiga) +998947541887 yoki @NordicConference_2025 guruhiga yuboriladi

01/11/2024
 

2-bosqich

Ushbu bosqichda tahririyat a'zolari tomonidan material ko‘rib chiqiladi va talabga to‘liq javob bersa chop qilish uchun yuboriladi. Talabga javob bermagan ishlar muallif bilan bog'lanib, tuzatishlar uchun yuboriladi.

05/11/2024
 

3-bosqich

Ushbu bosqichda chop qilinishga tayyor materiallar uchun DOI beriladi va boshqa turli xalqaro bazalarga joylash jarayoni bo'lib o'tadi.

12/11/2024
 

4-bosqich

Oxirgi bosqichda talabga javob bergan materiallar konferensiya to‘plamiga kiritiladi va eng yaxshi material konferensiyada qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Sertifikat va boshqa ma'lumotlar konferensiya rasmiy veb saytiga muallif sahifasiga joylashtiriladi.

20/11/2024
*
*
*
  • 76P9+VC7, 100115, Toshkent, O‘zbekiston
  • Xalqaro Nordik Universiteti Mo'ljal: Novza metro